Imlogram endi ochiq manbali
Imlogram ochiq manbali loyiha sifatida rivojlantiriladi. Maqsadimiz — yangi o'zbek lotin alifbosi uchun bepul, sifatli va hamjamiyat tomonidan rivojlantiriladigan vositalar yaratish.
Loyiha tarkibi
- Veb platforma — imlogram.uz
- Telegram bot — @imlogrambot
- JavaScript/TypeScript paketlari (npm)
- Manba kodi — github.com/imlogram/imlogram
Node.js yoki TypeScript bilan ishlasangiz, boshqa tillar uchun kutubxona yozmoqchi bo'lsangiz, hujjatlarni yaxshilash, testlar yozish yoki yangi imkoniyatlar qo'shishni istasangiz — hamkorlikka taklif qilamiz. Har bir issue, pull request va g'oya muhim.