saidqodirxon.uz
← Barça yozuvlar

Telegram orqali Claude Code'ni masofadan boshqarish

Bu shaxsiy bot Telegram orqali serverdagi Claude Code CLI'ni masofadan boshqaradi: xabar yozasiz, bot uni Claude Code sessiyasiga yuboradi va javobni qaytarib beradi. U real Claude usage bilan, ya'ni CLI orqali ishlaydi.

Bu test va tajriba loyihasi, o'zim uchun yozilgan shaxsiy vosita. Kodning katta qismini Claude'ning o'zi yozgan, men vazifani tasvirlaganman, shuning uchun unchalik mukammal bo'lmagan yoki soddaroq yechilgan joylar bo'lishi mumkin. Yaxshiroq qilish yo'lini bilsangiz, bemalol fork qilib o'zingizga moslang.

Manba kodi GitHub profilimda.